06/02/2020
`ngi yangilik #
Barcha turdagi vizaga ega bo`lganlar ham endi Tokuteigino testidan o`tishlari mumkin.
Va albatta Yaponyadan tashqarida yashovchilar ham test topshirish uchun kelishlari mumkin.
Immigratsiya Tokuteigino vizasi qonuniga bir necha o`zgartirishlar kiritdi.
Barcha turdagi viza egalari quyidagilar:
1.Talabalik vizasiga ega bo`lganlar va maktabdan chiqib ketganlar.
2.Texnik stajyor vizasiga ega bo`lganlar va ish joyidan qochib ketganlar.
3.Qochqinlik vizasiga ega bo`lganlar va hakazo.
※Yapon tili maktabiga yoki Kollejlarga topshirib viza chiqgach maktablariga bormay qo`yganlar
ham ushbu viza uchun test topshirishlari mumkindir.
Lekin buning Ammosi bor.Bu testni topshirib to`g`ridan to`g`ri vizani o`zgartira olish mumkin degani emas.
Bu shunchaki testdan o`tishingiz mumkin degani holos.Biroq bu testdan o`tsangiz va kamida JLPT N4 sertifikatga ega bo`lsangiz
ushbu viza uchun topshirish mumkin.Vizaga topshirishdan oldin esa albatta ishga qabul qilinishingiz kerak bo`ladi.
Yuqoridagi 1,2,3 turdagi viza egalari 1 marta vatanga qaytishga to`g`ri keladi va ishga olgan firma tomonidan topshirilgan COE ya`ni Immigratisaydan Visa hujjatlarini kutishiga to`g`ri keladi.